Kursdagi boshqa ochiq darslar

0  KUN
00
00
00

    Xarid qilish

    Python bilan hujumchi dasturlar

    Python yordamida noldan keylogger va reverse backdoor yarating. Kurs davomida masofadan kirish vositalari tarmoq orqali ma’lumotlarni qanday uzatishini tushunib olasiz. Yakunda sizda ishlaydigan hujumkor vositalar to‘plami bo‘ladi.

    Xarid qilish

    Kursdagi ochiq videolarni hech qanday toʻlovlarsiz koʻrib chiqish va tanishish mumkin.

    Python bilan hujumchi dasturlar

    Kursdan nimani kutishingiz mumkin?

    Bilim va ko'nikmalar

    Python bilan hujumchi dasturlar mutaxassisi boʻlish uchun kerakli bilimlar beriladi.

    Loyihalar

    Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda 3 ta loyiha yakunlanadi.

    Sertifikat

    Har bir bitiruvchiga bilim darajasini ifodalovchi sertifikat taqdim etiladi.

    Karyerani boshlash

    Kurs yakunida oʻquvchilar karyera boshlashga tayyor boʻlib chiqadi.

    Offensive Python ko‘nikmalariga ega mutaxassis nima qila oladi?

    Bu koʻnikmalar bilan xavfsizlik mutaxassislari tarmoq himoyasini sinab koʻrish uchun maxsus vositalar yozadi. Yashirin zaifliklarni topish uchun haqiqiy hujumlarga oʻxshash dasturlar yaratadi. Kursimizda shu ishning dasturlash qismini oʻrgatamiz.

    Offensive Python ko‘nikmalariga ega mutaxassis nima qila oladi?

    Kurs qay tartibda oʻtiladi?

    Yopiq guruh

    Telegramdagi yopiq guruhda oʻquvchilar istalgan vaqtda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. Oʻqituvchi va mentorlar har doim yordamga tayyor turishadi.

    Onlayn uchrashuvlar

    Har oy davomida kurs oʻqituvchilari bilan Zoom orqali onlayn uchrashuv tashkil qilinadi. Suhbat payti oʻquvchilar oʻzini qiynayotgan muammo va savollarga javob olishi mumkin.

    Videodarslar

    Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

    Vazifalar

    Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Kurs haqida batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?

    Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.

    Tugmani bosib, maxfiylik siyosati va foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilgan bo'lasiz

    Kurs kimlar uchun?

    01

    Kiberxavfsizlik sohasiga oʻtayotgan AyTichilar

    Tizim administratori yoki junior dasturchi bo‘lib ishlaysiz. Nazariyani bilasiz, lekin amalda hujumkor vositalarni o‘zingiz yarata olmaysiz. Kurs sizga bu chegarani buzib, haqiqiy dasturlar yaratishga yordam beradi.

    02

    CTFʼga qatnashadiganlar

    CTFʼlarda qatnashasiz va faqat bir marta ishlaydigan tartibsiz skriptlar yozasiz. O‘zingiz unchalik tushunmaydigan ochiq repozitoriylardan kod ko‘chirishni to‘xtatmoqchisiz. Bu kurs sizga to‘g‘ri hujumkor kodlar bazasini qanday tuzishni ko‘rsatadi.

    03

    Nazariyadan charchagan universitet talabalari

    Universitetda axborot xavfsizligini ilmiy maqolalar va kitoblar orqali o‘rganyapsiz. Lekin amalda hujumkor usullarni yoki haqiqiy kod yozishni bilmaysiz. Bu kurs amaliy ko‘nikmalaringizni yoʻlga qoʻyishga yordam beradi, loyihalar qilishni boshlaysiz.

    Kurs tarkibi

    • 104 ta dars
    • 3 ta loyiha qilinadi
    • Kurs davomiyligi - 4 soat
    • Test va topshiriqlar soni -14 ta
    Kurs bilan tanishuv
    Soʻrovnoma
    Yopiq guruhga kirish
    Qanday o‘qish kerak?
    Hisobotni elektron pochta orqali yuborish
    How to Generate a Gmail App Password from Your Account?
    Gmail App Password oʻrnatish
    Regex bilan komandalarni filtrlash
    Foydalanuvchi (jabrlanuvchi)ning kompyuterida saqlangan WiFi parollarini koʻchirib olish va elektron pochtaga yuborish
    1-sinov
    1-topshiriq
    Parollarni olish asoslari
    Maʼlumotlarni yigʻish va faqat ruxsat etilgan testlar
    LaZagneʼning 2026-yildagi holati
    Masofaviy parollarni koʻchirib olish
    Fayl tizimi bilan oʻzaro aloqa
    2-sinov
    2-topshiriq
    Kirish. Boʻlim introsi
    Global oʻzgaruvchilar (Variables)
    Logging Special Keys
    pynputʼga ishlov berish
    Oqim va rekursiya
    threading.Timer qanday ishlaydi?
    Eslatma
    Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP)
    Konstruktorlar
    Klaviatura tugmalari bosilishini yozib olish va elektron pochtaga yuborish
    3-sinov
    3-topshiriq
    Kirish. Boʻlim introsi
    Payloadʼga tayyorgarlik: laboratoriyangizni tekshiring
    Payload tizim buyruqlarini bajarish
    4-sinov
    Eslatma: keyingi darsdagi keylogger haqida
    Klient va serverning oʻzaro aloqasi
    Soket yordamida masofadagi kompyuterga ulanish
    AF_INET va SOCK_STREAM: parametrlar nimani anglatadi?
    Maʼlumotlarni ТСР orqali yuborish va qabul qilish
    Python 3ʼda .encode() va .decode(): Python 2ʼdan farqi
    5-sinov
    4-topshiriq

    Kurs davomida bajariladigan loyihalar

    Masofaviy Keylogger

    Masofaviy Keylogger

    Masofadan turib boshqa qurilmada bosilayotgan tugmalarni yozib oladigan dastur yozasiz. Bu sizga oqimlar (threading) bilan ishlash va avtomatlashtirilgan hisobotlarni oʻrgatadi.

    Reverse Backdoor

    Reverse Backdoor

    Siz noldan network listener va reverse backdoor dasturlaysiz. Ular masofaviy buyruqlarni bajarish uchun tarmoq orqali aloqa qiladi. Ushbu loyiha yakuniy portfoliongizning asosini tashkil qiladi.

    Trojan dasturi

    Trojan dasturi

    Bunda siz oddiy Python skriptini haqiqiy kiberhujum vositasi — Windows uchun moʻljallangan .exe formatiga aylantirishni oʻrganasiz. Bu dastur tizimda yashirincha doimiy qolish va ikonkalarni soxtalashtirish orqali oʻzini bildirmaslik xususiyatlariga ega boʻladi.

    Kursni tugatgach sizning rezyume

    Oʻzlashtiriladigan koʻnikmalar

    • Python yordamida lokal va masofaviy keylogger yaratish
    • TCP soketlar orqali reverse backdoor dasturlash
    • Tarmoq orqali ikki tomonlama fayl uzatishni yoʻlga qoʻyish
    • Olingan parollar va maʼlumotlarni elektron pochta yordamida yashirin joʻnatish
    • Python skriptlarni mustaqil Windows (.exe) dasturlariga oʻgirish
    • Yaratilgan vositalarning tizimda doimiy qolishini (persistence) taʼminlash
    • Xavfsizlik vositalarini OOP arxitekturasiga oʻtkazish
    Resume

    Oʻrgatiladigan texnologiyalar

    Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:

    Python

    Python

    Python

    Python

    Barcha skriptlarni yaratishda asosiy til sifatida ishlatiladi.
    TCP Sockets

    TCP Sockets

    TCP Sockets

    TCP Sockets

    Reverse shell uchun tarmoq ulanishini yaratishda qoʻllanadi.
    PyInstaller

    PyInstaller

    PyInstaller

    PyInstaller

    Python kodini mustaqil ishlaydigan Windows dasturlariga aylantirishda yordam beradi.
    JSON Serialization

    JSON Serialization

    JSON Serialization

    JSON Serialization

    Ma’lumotlarni tarmoq orqali ishonchli uzatish formatiga keltirish uchun ishlatiladi.
    SMTP

    SMTP

    SMTP

    SMTP

    Olingan ma’lumotlarni elektron pochta orqali tashqariga yuboradi.

    Kurs oʻqituvchisi

    Ulugʻbek Muminov

    Ulugʻbek Muminov

    “Python bilan hujumchi dasturlar” kursi eksperti

    Kiberxavfsizlik boʻyicha 6 yillik tajribaga ega mutaxassis. Rossiyaning Alfa-Bank, Tinkoff banklarida frontend va bekend dasturchi sifatida faoliyat yuritgan. Kiberxavfsizlik boʻyicha Yandex kompaniyasida pentester boʻlib ishlagan.

    Kurs haqida batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?

    Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.

    Tugmani bosib, maxfiylik siyosati va foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilgan bo'lasiz

    Koʻp soʻraladigan savollar

    Kursda oʻqish uchun Python asoslarini yaxshi bilishingiz va Linux muhitida ishlay olishingiz kerak.
    Bu kurs yordamida Offensive Python koʻnikmalarini oʻrganib, kiberxavfsizlik sohasida ish boshlash uchun fundament shakllantirasiz. Portfoliongizda 5 ta loyiha ham boʻladi. Biroq sohaga chuqurroq kirish, pentester boʻlish uchun yana izlanishingiz kerak boʻladi.
    Taʼlim va ruxsat etilgan holatlar uchun bu vositalarni yaratish mumkin: yaʼni ularni oʻz qurilmalaringizda sinab koʻrasiz. Oʻzingizga tegishli boʻlmagan tizimlarda ishlatib koʻrsangiz, bu uchun javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
    8 GB RAMʼga ega kompyuter yetarli — Windows, macOS yoki Linux farqi yoʻq. Kursda Kali Linuxʼni virtual mashina ichida ishga tushiramiz, shuning uchun asosiy tizimingizni oʻzgartirishingiz shart emas.
    Kursimiz videodarslar, matnli darslar va test, topshiriqlardan iborat, davomiyligi – 20 soat. Kuniga 1–1,5 soatdan vaqt ajratsangiz, 3 haftada yakunlashingiz mumkin.
    Mentor xizmati yoʻq. Kurs to‘liq mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan. Boshqa o‘quvchilar bilan fikr almashish va yordam olish uchun bepul Mohirdev hamjamiyatiga qo‘shilishingiz mumkin.